Urganch shahridagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 150 nafar bitkazuvchisi talaba boʻldi.
Ushbu oʻquv dargohini 2019-2020 oʻquv yilida 11-sinfni 207 nafar oʻquvchi bitkazdi. Dastlabki natijalarga koʻra, 150 nafar bitkazuvchi, yaʼni 72,4% oʻquvchilar oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlish baxtiga muyassar boʻlishdi.
Shundan 19 nafari davlat granti, 97 nafari toʻlov kontrakt asosida oʻqishga tavsiya qilingan boʻlsa, 34 nafari chet el oliy taʼlim muassasalari hamda ularning filiallariga oʻqishga qabul qilindi.
Urganch shahar Xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati