Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 27 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” bosh gʻoyasi asosida joriy yilning 15 avgustidan 5 sentyabrgacha “Faxriy jurnalistlar eʼtibor va eʼzozda” aksiyasi oʻtkazildi.
Jurnalistning noni qattiq deyishadi. Haqiqatan ham jurnalistika juda masʼuliyatli va mashaqqatli kasb. Shunga qaramasdan, bir umr oʻz kasbiga sodiq qolib, “Hayotda nimagaki erishgan boʻlsam, shu kasbim tufayli erishdim” deb faxrlanadigan ustoz jurnalistlarimiz koʻp. Ularning purmaʼno soʻzlariga quloq tutsak, jurnalist kasbi naqadar masʼuliyatli, mashaqqatli boʻlishi bilan birga, sharafli ekaniga amin boʻlamiz.
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi vakillari “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” bosh gʻoyasi ostida oʻtkazilgan “Faxriy jurnalistlar doim eʼtibor va eʼzozda” aksiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalistlar Namoz Saʼdullayev va Raʼno Zaripova xonadonida boʻlib, birga umrguzaronlik qilib kelayotgan ustoz jurnalistlarga uyushmaning sovgʻasi topshirildi.
Cuvratlarda: Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalistlar Namoz Saʼdullayev va Raʼno Zaripova bilan birga Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bosh mutaxassislari — Larisa Arutyunova va Suyundik Mamirov.
Fotolar muallifi – Jasur Rahmatov.
Manbaa: Jurnalistlar.uz