Ayni kunda butun dunyo ahli tahlikali vaziyat, ogʻir va sinovli kunlarni boshidan kechirmokda. Bunga barchamiz jiddiy holat sifatida karashimiz va koronavirus degan baloyi qazoni daf qilishda bir tanu jon boʻlib, birgalikda harakat kilishimiz davr taqozosidir.
Dunyo mutaxassislari tomonidan tavsiya etilayotgan, talab etilayotgan tartib va koidalarga har bir Oʻzbekiston fuqarosining amal kilishini taʼminlashda biz har birimiz masʼuldirmiz. Boshga sinov tushganda kimning kimligi, qanday inson ekanligi bilinadi, odamlar yaxshi yomonga ajraladi, yaxshilar jipslashadi, ezgulik, yaxshilik yoʻlida birlashadi, bir-birini qoʻllab-quvvatlaydi. Oʻzbek xalqi azaldan “bir mayizni qirqqa boʻlib yegan xalq“ ekanligi barchamizga maʼlum. Demak biz hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib vatanimiz tinchligi, yurtimiz obodligi va halqimiz farovonligi yoʻlida bir tanu bir jon boʻlib yashashga tayyormiz!
Toshkent shahar “Bilim” axborot kutubxona markazi tomonidan aholimiz va ayniqsa yoshlarimizning uyda qolishi, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida faoliyat olib bormoqdalar. Jumladan:
“BILIM AKSIYa/UYDA QOLING!” «Bilim jonli ensiklopediya» Toshkent shahar «BILIM» Axborot — kutubxona markazi pandemiya davrida murakkab epidemiologik sharoitda milliy birdamlikni targʻib qilish maqsadida «Bilim jonli ensiklopediya» nomli aksiya eʼlon qilindi va oʻz faoliyatini boshladi.
Maqsadimiz: Karantin davrini xavfsiz oʻtishini taʼminlash uchun insonlarni koʻchaga chiqmasdan uyda qolib, vaqtlarini oila davrasida foydali mashgʻulotlar bilan band qilish. Loyihaga yuboriladigan videoda karantin tufayli ishga bormay, uyida farzandlari bilan oʻtirgan ota-onalar yoki erta taʼtilga chiqqan oʻquvchi, bolalar uydagi istalgan buyum, jihoz haqida qiziqarli maʼlumot berishlari kerak.
Videolar karantin tugagunga qadar qabul qilinadi. «Bilim jonli ensiklopediya» aksiyasi sharti quyidagicha:
- Uyingizda mavjud boʻlgan istalgan jihoz, buyum (ushbu buyumning kelib chiqish tarixi va turlari) haqida qiziqarli maʼlumot berayotganingizni videoga oling.
- Videoni — «BILIM» aksiya| Uyda qoling! kanali profilidagi «Savol va takliflar uchun» (@bilim_aksiya_bot) botiga yuboring.
- Mazkur buyum haqida maʼlumot berayotgan boʻlsangiz ushbu jihoz yoningizda boʻlishi kerak.
- Video «Bilim jonli ensiklopediyasi uchun» deb boshlanishi kerak.
Barcha videoroliklar «BILIM» aksiya| Uyda qoling! kanalida havola qilinadi. Karantin tugagandan soʻng mazkur videoroliklar jamlanib yagona «Bilim jonli ensiklopediya» nomli video kitob yaratiladi.
Ayni kunda aksiyamiz ishtirokchilari 850 nafardan ortdi.
Hammaga omad tilaymiz! Kuningiz hayrli oʻtsin!
Hafiza KARIMOVA, Toshkennt shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori