“UZBEKISTAN MEDIA AWARD 2021” ijtimoiy media mahsulotlar tanlovida Xorazm viloyatidagi “IQBOL FM” 107,5 radiotoʻlqini hamda “S-IKBOL” teleradiokanali muhbirlari ham eng munosib nomzodlar orasidan joy oldi.
OʻzEOAVMA tashabbusi bilan qabul qilingan “Yangi Oʻzbekiston. Yangi nigoh” Milliy media dasturidagi loyihasi Oʻzbekistonning yangi va yorqin qiyofasini aks ettirish, milliy manfaatlarimizga, tomoshabin va tinglovchilar extiyojlariga mos, voqea-hodisalarni xolis aks ettiruvchi, rang-barang mavzularni qamrab olgan turli janrlarda dolzarb mavzulardagi koʻrsatuvlar, radioeshittirishlar, filmlar, ijtimoiy video va audioroliklar tayyorlashga eʼtiborni kuchaytirish va jurnalistlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, bu yoʻlda veb-saytlar va blogerlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
“Oʻzbekfilm” kinokonserti pavilonida Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan “UZBEKISTAN MEDIA AWARD 2021” ijtimoiy media mahsulotlar tanlovida Xorazm viloyati “S-IKBOL” teleradiokanalining “IQBOL FM” 107,5 radiotoʻlqini “Yilning eng yahshi radiokanali” nominatsiyasi hamda “S-IKBOL” teleradiokanali hamda OʻzEOAVMAga qarashli “Zamon” informatsion tahliliy dasturining Xorazm viloyati muxbiri Sevara Raxmagullayeva “Yilning eng yahshi teleboshlovchisi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Elyor PALVANOV