“Vatanparvarlik oyligi”doirasida poytaxtdagi 110 maktabda uchrashuv

0
300
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda 2018 yilning 15 dekabridan 2019 yilning 15 yanvariga qadar “Vatanparvarlik oyligi” davom  qilmoqda. Shu munosabat bilan turli tadbirlar, uchrashuv va muloqotlar uyushtirilyapti.

Ana shunday tadbirlardan biri yangi yil arafasida Toshkent shahridagi 110 maktabda ham boʻlib oʻtdi. Unda Vatan himoyasi sohasida munosib xizmat qilayotgan maktabning sobiq oʻquvchilari bilan uchrashuv uyushtirildi.

Tadbirda soʻz olganlar Prezidentimiz, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar milliy armiyamizning jangovar tayyorgarligi va harbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilayotganini taʼkidlashdi.

Maktabning sobiq oʻquvchisi Husan Zufarov Vatanimiz istiqboli bugungi avlod kamoloti bilan bogʻliqligini, yurtimizda saodatli farzandlar voyaga yetishi uchun koʻrsatilayotgan cheksiz mehr va eʼtibor, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga javoban yoshlar oʻz bilimi, tashabbuskorligi va fidoyi mehnati bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan farzandlar boʻlishi lozimligini qayd etdi. Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Shuningdek, oʻz navbatida tadbir ishtirokchilarini, mehmonlarini maktab oʻquvchilarining bu yilgi yutuqlari bilan tanishtirishdi. Rossiya poytaxti Moskva shahrida boʻlib oʻtgan «Moskovskiy may» xalqaro turnirda 300 nafardan ortiq sportchi qatorida ushbu  maktab oʻquvchisi Svetlana Kim ham qatnashib oltin medalni qoʻlga kiritganini aytib oʻtishdi.

Shuningdek, bu yil maktab oʻquvchilari qoʻlga kiritgan yana bir yutuq matematika boʻyicha Amerika olimpiadasida Navroʻzbek Saʼdullayev bronza medalini qoʻlga kiritdi. Maktabning yana bir oʻquvchisi mamlakatimizda oʻtkazilgan kubik-rubik bellashuvida abjirligini namoyon etib birinchi oʻrinni egalladi.

Tadbirning yakunida maktabning sobiq oʻquvchilari maktabning bu yilgi gʻoliblari bilan esdalik suvratiga tushdilar Uchrashuv oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ayni shunday uchrashuvlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik va tugʻilib oʻsgan yurtga muhabbat tuygʻulari yuksalishida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

R. SAPAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.