Bosh sahifa Oʻzbekiston Sport Velosport boʻyicha “Mustaqillik kubogi” yakunlandi

Velosport boʻyicha “Mustaqillik kubogi” yakunlandi

0
209
marta koʻrilgan.

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Mustaqilligimizning 29 yilligiga bagʻishlangan musobaqa yakunlandi. Turnirning ikkinchi kun doirasida sportchilar guruh poygasi yoʻnalishida bahs olib borishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda «Asaka Bank» bilan hamkorlikda tashkil qilingan ushbu  ikki kunlik musobaqada mamlakatimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin sportchi qatnashdi.

Belgilangan shartlarga koʻra, erkaklar 83, ayollar 42 kilometr masofada kuch sinashishdi. Bu galgi bellashuvda ham erkaklar oʻrtasida Murodjon Xolmurodov,  ayollar oʻrtasida esa Yanina Kuskova  ikkinchi gʻalabasiga erishdi.

Mazkur  poygalar terma jamoa murabbiylar shtabi uchun oy soʻngida Italiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatidan avval sportchilarning holatini koʻzdan kechirib olish imkoniyatini taqdim qildi.

J. SAʼDULLAYEV tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.