Velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻz yakuniga yetdi.
128 kilometr masofaga oʻtkazilgan bahslarda Dilmurod Siddiqov barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻringa Sergey Medvedev ega chiqqan boʻlsa, uchinchi oʻrin Danil Yevdokimovga nasib qildi. Bellashuvlarda Akrom Sunnatov, Iskandar Shodiyev va Marat Sulyaevlarning faol ishtirokini ham alohida qayd etishimiz lozim.
33 kilometrga oʻtkazilgan poyga yakunlariga koʻra, Danil Yevdokimov gʻalaba qozondi. Ikkinchi va uchinchi oʻrindan mos ravishda Dilmurod Siddiqov va Ernest Osmanovlar joy oldi.
Ushbu bellashuvlar shu yil avgust oyida Indoneziyada boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik vazifasini ham bajardi.