Velosportchilar “Mustaqillik kubogi”  yakkalik poygasida kuch sinashishdi

0
124
views

Bugun velosport boʻyicha Oʻzbekiston Mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan musobaqa start oldi. Shosseda oʻtkazilayotgan mazkur turnirning birinchi kunida sportchilar 20 km masofani alohida start oladigan yakkalik poyga yoʻnalishida oʻtkazishdi.

Deyarli yarim yil uy sharoitida mashgʻulot oʻtkazgan sportchilar uchun mazkur poyga chinakam bayramga aylanib ketdi. Unda oʻsmirlar, yoshlar va kattalar terma jamoasining aʼzolari oʻz omadini sinab koʻrdi. Erkaklar oʻrtasidagi bahsda Tokio-2020 litsenziyasi sohibi Murodjon Xolmurodov gʻalabani qoʻlga kiritdi. Ayollar oʻrtasidagi bahsda esa Yanina Kuskova eng yaxshi natijani qayd etdi.

Yosh yigitlar (2002-2003) oʻrtasidagi bellashuvda  Begzod Rahimboyev  birinchilikni egalladi. Qizlar musobaqasida  Asal Rizayeva  peshqadam boʻldi. 

Oʻsmir  yigitlar oʻrtasidagi poygada  Marsel Veseliy, oʻsmir qizlar oʻrtasidagi  musobaqada Anna Kuskova gʻolib boʻlishdi.

J. Saʼdullayev tayyorladi. 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here