Xalq pedogogikasiga uygʻun  – moʻjazgina uy-muzeyi

0
643
marta koʻrilgan.

Toshkent shahridagi 110 maktab oʻquvchilari poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi uy-muzeyiga borishib, bir olam taassurotlar olib, zavq-shavq bilan qaytishdi. Bularning barini ularning hikoyalari, telefonga olgan suratlari  asosida yozdim. Oʻzim ham barcha nevaralarimni olib borishni oʻylab qoʻydim.

Moʻjazgina hovlida qovokning 50dan ortiq turi oʻstiriladi  Ularning biri– tomosha qovoqdan yasalgan qoʻgʻirchoqlar, guldonlar, rassomlik asarlari, milliy musiqa asboblari, oshxona idish-tovoqlaridan iborat  gʻaroyib koʻrgazmasining ijodkordalari Dildor va Baxtiyor Pulatovlarning ahil  oilasidir. Bir umr fizikadan dars berib ustozlik maqomiga erishgan muallimlar nafaqaga chiqqach  uyda xalqona pedogogikani rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishni niyatlashdi. 

Uch qizni ulgʻaytirib uyli joyli qilgan bu oila  kichkinagina hovlisida qovoq yetishtirib, va ulardan sanʼat asarlari yaratib ijod bilan shugʻullana boshlashdi. Shunday qilib tomosha qovoqdan uy –muxeyi vujudga keldi Endilikda moʻjazgina hovli gavjum. Xonadon  eshigi tong saharlab ochiladi va  qorongʻi tushguncha koʻrgazmaga kelgan bolalar bilan gavjum boʻladi.

Bolalar bu yerda nafaqat qovoq oʻstirilayotgan bogʻ-rogʻlarni, qovoq koʻrgazmalarini tomosha qilishadi. Balki, bolalar vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun tadbirlar uyushtiriladi.   Kichkintoylar bu yerda  qoʻgʻirchoq tomoshalarini kuzatib, ertaklar eshitishi va oʻzlari ham qoʻgʻirchoqni ishlatib koʻrib,  ertak aytish bahslarida qatnashishi mumkin. Yoki tomosha qovoqdan yasalgan rubob va doiralarni  chalib oʻzini atrofidagilarni xushnud qilishi mumkin. Shuningdek koʻrgazmaga keluvchi bolalar uchun mahorat maktabi ham tashkil etiladi. Unda tomosha qovoqdan va tashlab yuboriladigan  narsalardan yangi goʻzal asar- kartinalar  tayyorlashga oʻrgatiladi. 

Sogʻlom turmush tarziga undovchi musobaqalar ham tashkil etiladi. Boshiga tomosha qovoqdan  yasalgan  kuzani suvga toʻldirib, tagiga likobcha qoʻyib, qaddini tik tutib yurishga  oʻrgatiladi. Eng uzoq masofoga yurgan gʻoliblar ragʻbatlantiriladi.

  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan boʻlgan uchrashuvdagi maʼruzasi hamda sohani rivojlantirish, soha xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida qabul qilingan muhim hujjatlar ijod ahlini, xususan, bizlarni ham ruhlantirdi, yangi va sermazmun asarlar yaratishga undamoqda. Eng asosiysi  nafaqada yurganda ham oʻz kasbimiz bilan shugʻullanayapmiz. Hamisha bolalar davrasidamiz, – deydi uy-muzey sohibi Baxtiyor Poʻlatov.

 – Ijod – bu koʻngil ishi. Unda nafaqat muallifning, balki tomoshabinning ham tuygʻulari, qarashlari aks etadi. Ana shu hissiyotlar uchrashgan, uygʻunlikka erishgan manzil tomoshabin qalbidir. Bolalarning hovlimizga kelib yayrab oʻynashayotganlarini koʻrganimizda qalbimiz gʻururu shukuhga toʻladi.  Umrimiz bolalar orasida oʻtdi. Nafaqada bolalarning zavqi-shavqisiz yuragimiz kemtik boʻlib qolardi.  Yangi yoʻnalish topganimizdan taʼlim-tarbiya ishlariga munosib hissa qoʻshayotganimizdan, hovlimizda bolalarning qoʻngʻiroqdek ovozi doimo yangrab  turganidan biz ham bahtiyormiz. –  deydi  uy sohibasi Dildora  Poʻlatova kelgan mehmonlarga oʻz minnatdorchiligini bildirayotib.

Bu yerga kelgan nevaram Navroʻz Saʼdullayev poʻkak, tomosho qovoq  va boshqa narsalardan yasalgan kartinasini koʻrsatib, oʻz ijodidan mamnun boʻldi.  Sinfdoshlarining biri koʻgʻirchoqlarni oʻynatib, ertaklar soʻzlaganini gapirsa, biri qaddini gʻoz tutib yurishda eng uzoq masofoga bora olganligini zavq-shavq bilan gapirardi. Yana biri oddiy qovoqdan sanʼat yaratilishi moʻjizalaridan  olgan taassurotlarini ifodalashga intilardi.

Ha oddiy qovoqni sanʼat darajasiga olib chiqqan Poʻlatovlar xonadonidagi moʻjazgina uy-muzey bolalarga  ezguliklar ulashmoqda. Nafaqada ham oʻz oʻrnini topa olgan oila uchun olam-olam quvjnch bagʻishlamoqda. Bularni kuzatib,  intiluvchan inson  har qanday yoshda ham  ijod qilib oʻz oʻrnini topa olishi mumkinligiga yana bir bora amin boʻlish mumkin.

R. Zaripova

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.