Xalqaro arab tili kuni munosabati bilan ilmiy – maʼrifiy anjuman

0
324
marta koʻrilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xalqaro arab tili kuni munosabati bilan «Oʻzbekistonda arabshunoslik: tarix, bugun, ertaga» mavzusida ilmiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

 Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik hamda arab filologiyasi kafedralari tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda  mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan  arab mamlakatlari elchilari ham ishtirok etdilar.

Tadbirda Al Buxoriy, Az Zamaxshariy, Al Xorazmiy kabi mamlakatimiz allomalarining arab tilini jahonga keng yoyilishiga, ilm-fan ravnaqiga  ulugʻvor hissa qoʻshganliklari  talabalarning badiiy chiqishlarida, sahna koʻrinishlarida ifoda etildi, taʼkidlandi. Talabalar ijrosida arab  tilida kuy-qoʻshiqlar yangradi. Toʻliq arab tilida olib borilgan ushbu tadbirda  talabalarning badiiy chiqishlari arab davlatlari elchixonalaridan tashrif buyurgan mexmonlar tomonidan munosib baholandi.

Ushbu tadbirda Arab davlatlari universitetlari bilan oʻquv va ilmiy  tadqiqotlar boʻyicha  xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish borasida  fikr-mulohazalar va takliflar ham bildirildi.

 Shuningdek, tadbirda universitet tomonidan arab tilida nashr etilgan kitoblar  taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan keyin talabalar ustozlari bilan  esdalik uchun rasmga tushishdi.

Madina Joʻrayeva  va  Nodira Sadullayeva  Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi oʻqituvchilari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.