Xalqaro bolalar sanʼat festivalida Shohruzbek Ergashev munosib taqdirlandi

0
213
marta koʻrilgan.
Qozogʻistonning Olma-ota shahrida  “The Planet of ART-2019“ xalqaro bolalar sanʼat festivali boʻlib oʻtdi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan “Marvarid” bolalar studiyasi tarbiyalanuvchisi Shohruzbek Ergashev vokal yoʻnalishida Qozogʻiston milliy YUNYeSKO federatsiya klubi Prezidentining maxsus sovgʻasini qoʻlga kiritdi.
 
Yosh sanʼatkor Olma-ota estrada simfonik orkestri hamrohligida jonli ijroda kuylab, olqishlarga sazovor boʻldi.
 
Ushbu festivalda Rossiya va Oʻrta Osiyo davlatlaridan 12 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan 3500 dan ortiq iqtidorli bolalar uch bosqichda vokal, cholgʻu asboblarida kuylash va xoreografiya yoʻnalishlarida  ishtirok etdilar.
 
Saralash bellashuvlaridan soʻng ulardan 16 nafar  eng mahoratli yoshlar tanlab olindi.  Keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritganlar  final bosqichda yana bir bor oʻz mahoratlarini namoyon qildilar.
 
Festival yakunida gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻa va diplomlar topshirildi.
 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.