Xalqaro olimpiadada 11 ta medal

0
230
marta koʻrilgan.

Olmaota shahrida 9-15 yanvar kunlari XV xalqaro Jautiʼkov olimpiadasi oʻtkazildi. 

Fizika-matematika, informatika fanlari boʻyicha oʻtkazilgan olimpiadada 18 davlatdan 540 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Ushbu xalqaro olimpiadada Oʻzbekistondan 22 nafar oʻquvchi qatnashdi. Yurtimiz yoshlari bitta oltin, uchta kumush, yettita bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
– Xalqaro olimpiadada oltin medal sohibi boʻlish, men uchun katta baxt. Bu gʻoliblikni qoʻlga kiritishda ustozlarimning mehnatini alohida qadrlayman. Barcha tengdoshlarimga shunday yutuqlarga erishishida muvaffaqiyatlar tilayman, — dedi Qorakoʻl akademik litseyi oʻquvchisi, oltin medal sohibi Abbosjon Sayliyev. 

Poytaxtdagi S.H.Sirojiddinov nomidagi litseyning 3-bosqich oʻquvchisi Otabek Hasanov olimpiadada fizika fanidan ishtirok etgani va bronza medalini qoʻlga kiritganligini taʼkidlab, barcha tengdoshlariga Vatan bayrogʻini baland koʻtarishdek omadga erishish tilagini bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.