Chexiyaning Trshinse shahrida yengil atletikaning balandlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha “BESKYDSKÁ LAŤKA” xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. Musobaqada yurtimiz sharafini Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova himoya qilishdi, deb xabar bermoqda MOQ axborot xizmati.
Bellashuvlarda 192 sm balandlikni zabt etgan ukrainalik sportchi Katerina Tabachnik oltin medalga sazovor boʻldi. Svetlana Radzivil va britaniyalik Morgan Layk bir hil natija koʻrsatib, kumush medalni qoʻlga kiritishdi. Sportchilar 189 sm natijani ilk urinishdayoq qayd eta oldilar.
Nadiya Dusanova 185 sm balandlikni zabt etgan holda toʻrtinchi oʻrindan joy oldi