Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida

0
75
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari oʻrtasidagi oʻzaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va anʼanalarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, Yangi Oʻzbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targʻib etish, shuningdek, turli sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:  

«Doʻstlik» ordeni bilan

Allaberganov Bekman — Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Altunina Larisa Mixaylovna — Oʻzbekiston rus milliy madaniy markazining Olmaliq shahar boʻlimi raisi, Toshkent viloyati

Bayjanov Yaxshibay Abadovich — «Tuyamoʻyin gidroelektrostansiyasi» unitar korxonasining turbina sexi elektrogaz payvandchisi, Xorazm viloyati

Balayeva Sevil Alislam kizi — Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining Navoiy viloyati boʻlimi raisi

Dovgun Oksana Ivanovna — «Slavutich» Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisining oʻrinbosari

Duras Eleni Anastasios — Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati boshqaruv kengashi aʼzosi

Yembergenova Gulnara Sabirbayevna — Qoraqalpogʻiston Respublikasi «Orol oltin merosi» jamoat birlashmasi rahbari

Isxakov Abram Borisovich — Buxoro yahudiylari jamiyati raisi, Buxoro viloyati

Kapadze Taxir Vasilyevich — Fargʻona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi

Karipova Raliya Talgatovna — Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi aʼzosi

Kravchenya Gennadiy Nikolayevich — Termiz shahridagi «Geniy-Termiz» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Surxondaryo viloyati

Markaryan Garik Muradovich — Samarqand shahar «Luys» arman milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi aʼzosi

Maxkamova Riskiniso Zoidovna — Chust tumanidagi «Andalus agro dunyo» fermer xoʻjaligi pillachisi, Namangan viloyati

Maxmudov Erkin Kasimovich — Oʻzbekiston uygʻur milliy madaniy markazi raisining oʻrinbosari

Nazarova Bozor — Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati boʻlimi aʼzosi

Olloberdiyev Muqumboy Mavlonovich — Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi aʼzosi

Razmadze Vladimir Georgiyevich — «Megobroba» Toshkent shahar gruzin madaniyat markazi boshqaruv kengashi aʼzosi

Smesova Yekaterina Aleksandrovna — Oʻzbekiston rus milliy madaniy markazining Andijon viloyati boʻlimi raisi oʻrinbosari

Topchiyev Jamolidin Sotiboldiyevich — Xonobod shahridagi «Xidirsha» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Andijon viloyati

Fazilova Klara Bayburiyevna — Oʻzbekiston qozoq milliy madaniy markazining Sirdaryo viloyati boʻlimi raisi

Xan Margarita Lyurevna — Oʻzbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining «Koryo» ansambli badiiy rahbari

II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Kogay Marina Aleksandrovna — Oʻzbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi raisi

«Shuhrat» medali bilan

Daukayeva Ilvira Gamirovna  — Bektemir tumanidagi 30-bolalar musiqa va sanʼat maktabining aktyorlik mahorati boʻyicha oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Lopatin Sergey Mixaylovich — «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» masʼuliyati cheklangan jamiyatining asosiy ishlab chiqarish sexi mexanigi, Buxoro viloyati

Xutova Kulina Mudalifovna — Zafarobod tumanidagi «Chimqoʻrgʻon» qishloq fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati

Ergasheva Maxbuba Xotambekovna — Samarqand davlat universitetining falsafa va milliy gʻoya kafedrasi dotsenti, Samarqand viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti       Sh.MIRZIYOYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.