Mamlakatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari oʻrtasidagi oʻzaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va anʼanalarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, Yangi Oʻzbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targʻib etish, shuningdek, turli sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
«Doʻstlik» ordeni bilan
Allaberganov Bekman — Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Altunina Larisa Mixaylovna — Oʻzbekiston rus milliy madaniy markazining Olmaliq shahar boʻlimi raisi, Toshkent viloyati
Bayjanov Yaxshibay Abadovich — «Tuyamoʻyin gidroelektrostansiyasi» unitar korxonasining turbina sexi elektrogaz payvandchisi, Xorazm viloyati
Balayeva Sevil Alislam kizi — Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining Navoiy viloyati boʻlimi raisi
Dovgun Oksana Ivanovna — «Slavutich» Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisining oʻrinbosari
Duras Eleni Anastasios — Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati boshqaruv kengashi aʼzosi
Yembergenova Gulnara Sabirbayevna — Qoraqalpogʻiston Respublikasi «Orol oltin merosi» jamoat birlashmasi rahbari
Isxakov Abram Borisovich — Buxoro yahudiylari jamiyati raisi, Buxoro viloyati
Kapadze Taxir Vasilyevich — Fargʻona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi
Karipova Raliya Talgatovna — Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi aʼzosi
Kravchenya Gennadiy Nikolayevich — Termiz shahridagi «Geniy-Termiz» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Surxondaryo viloyati
Markaryan Garik Muradovich — Samarqand shahar «Luys» arman milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi aʼzosi
Maxkamova Riskiniso Zoidovna — Chust tumanidagi «Andalus agro dunyo» fermer xoʻjaligi pillachisi, Namangan viloyati
Maxmudov Erkin Kasimovich — Oʻzbekiston uygʻur milliy madaniy markazi raisining oʻrinbosari
Nazarova Bozor — Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati boʻlimi aʼzosi
Olloberdiyev Muqumboy Mavlonovich — Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi aʼzosi
Razmadze Vladimir Georgiyevich — «Megobroba» Toshkent shahar gruzin madaniyat markazi boshqaruv kengashi aʼzosi
Smesova Yekaterina Aleksandrovna — Oʻzbekiston rus milliy madaniy markazining Andijon viloyati boʻlimi raisi oʻrinbosari
Topchiyev Jamolidin Sotiboldiyevich — Xonobod shahridagi «Xidirsha» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Andijon viloyati
Fazilova Klara Bayburiyevna — Oʻzbekiston qozoq milliy madaniy markazining Sirdaryo viloyati boʻlimi raisi
Xan Margarita Lyurevna — Oʻzbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining «Koryo» ansambli badiiy rahbari
II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
Kogay Marina Aleksandrovna — Oʻzbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi raisi
«Shuhrat» medali bilan
Daukayeva Ilvira Gamirovna — Bektemir tumanidagi 30-bolalar musiqa va sanʼat maktabining aktyorlik mahorati boʻyicha oʻqituvchisi, Toshkent shahri
Lopatin Sergey Mixaylovich — «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» masʼuliyati cheklangan jamiyatining asosiy ishlab chiqarish sexi mexanigi, Buxoro viloyati
Xutova Kulina Mudalifovna — Zafarobod tumanidagi «Chimqoʻrgʻon» qishloq fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati
Ergasheva Maxbuba Xotambekovna — Samarqand davlat universitetining falsafa va milliy gʻoya kafedrasi dotsenti, Samarqand viloyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV