XIII Xalqaro anjuman ishtirokchilarining dil soʻzlari

0
210
marta koʻrilgan.

Avval xabar berganimizdek, Urganch shahrida “Central Asia – 2019: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Bugun anjumanning ikkinchi ish kuni. Mamlakatimizdagi axborot-kutubxona muassasalarining bugungi holati, mavjud muammolar, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning ijrosi va xalqaro tajribalar oʻrganilmoqda, oʻzaro fikr almashilmoqda. Bir soʻz bilan aytsak anjuman mahorat maktabiga aylandi. Anjuman ishtirokchilarining dil soʻzlari ham buni tasdiqlab turibdi.

Shohida Xadjayeva –Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi axborot resurs markazi rahbari : Bizning fondimizda 280 ming bir yuzdan ortiq darsliklar, oʻquv qoʻllanma, nota asarlari, badiiy adabiyotlar saqlanadi. Bundan tashqari noyob adabiyotlar ham mavjud. Resurs markazimizdagi kitoblar talabalarning chuqur bilim egallashiga katta yordam bermoqda.

Xalqaro anjuman mohiyati Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan besh tashabbusning toʻrtinchisiga, yaʼni aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish gʻoyasini oʻzida ifodalaydi.

Oʻzbekistonda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish maqsadida taʼlim muassasalari kutubxonalarini adabiyotlar bilan boyitish, oʻzbek va jahon adabiyoti namunalarining audio variantlarini yaratish, elektron kitoblardan foydalanish, kutubxonachilik sohasida milliy va xalqaro tadbirlarni tashkil etish singari muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbus asosida kitobxonlikni yanada ommalashtirish, kutubxonalar fondini boyitish yuzasidan koʻplab loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Ana shular haqida maʼruzalar tinglayapmiz, tajriba almashayapmiz, bir birimizdan oʻrganamiz.

Bizga ana shunday sharoit yaratib berayotgan tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Bu yerda koʻrganlarimiz, eshitganlarimiz kelgusida albatta, oʻz samarasini beradi. Shunga harakat qilamiz.

Mohidil Nazarova – Toshkent tibbiyot akademiyasi axborot resurs markazi rahbari: Bu yilgi konferensiya bizda juda katta taassurot qoldirmoqda. Kutubxona sohasida 30 yillik tajribaga ega boʻlsamda, xalqaro konferensiyada ishtirok etishni har yili intiqlik bilan kutaman.

Konferensiyaning har yili turli viloyatlarda oʻtkaziladi. Undan maqsad oʻsha hudud axborot-kutubxona sohasining  yanada rivojlanishiga turtki berishdir.  Anjuman soha mutaxassislarining  oʻz ustida muntazam ishlash lozimligiga oʻrgatadi, kitobxonlar oldida masʼuliyatli boʻlishga undaydi.

Biz uchun mahorat maktabi boʻladigan bu anjumanda faoliyatimiz  uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻlish bilan birga kitobxonlikni targʻib qilish va kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning yangi usul va uslublarini  oʻrganib olamiz. Chet ellik mutaxassislar bilan birgalikda tajribalar almashildi. Oʻrganganlarimizni oʻz ishxonamizda joriy qilamiz.

Mazkur xalqaro konferensiya axborot-kutubxona resurslarini takomillashtirish sohasida yangi bosqichni boshlab beradi.

Dilrabo Sattorova – Surxondaryo axborot kutubxona markazi  biblografiya boʻlimi mudiri: Xalqaro konferensiyada kitob va kitobxonlik, Milliy umumtaʼlim elektron kutubxonasi UzNEL dasturining ishlash jarayoni, MDH va xorijiy davlatlar yirik kutubxonalari bilan hamkorlik aloqalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu menga ish faoliyatimda juda qoʻl keladi.

Masalan, UzNEL dasturi asosida ishlashni oʻrgatishgani maʼqul keldi. Biz ham shu paytgacha oʻz kutubxonamizda 60 ta kitobni  elektron variantini yaratgan edik.  Bizga oʻrgatilgan UzNEL dasturi asosida kitoblarning elektron dasturi yaratilganda ishlarimiz yanada mukammal boʻlar ekan.  Bu esa kitobxonlarga kitoblarimiz zahirasidan foydalanishda qulaylik yaratar ekan va ularga oson topib olish imkoniyatini beradi.Axborot-kutubxona resurslaridan masofadan turib foydalanishni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshadi.

Xullas bu yerda har bir xodim oʻz vazifasiga oid ishlarni oʻrganayapti. Men uchun ulugʻvor mahorat maktabi, tajriba almashish uchun katta maydon boʻldi.  

Yana goʻzal va qadimiy Xorazmga boʻlgan sayohat meni yanada ruxlantirdi.  Madaniy-maʼrifiy tadbirlar ham katta tassurot qoldirdi.  Ishlash bilan birga koʻngilli dam ham olyapmiz. Bu esa bizning kuchimizga kuch, gʻayratimizga gʻayrat qoʻshadi. Yanada samarali ishlashga masʼuliyat yuklaydi.

Raʼno ZARIPOVA, anjuman ishtirokchisi

Maftuna ROʻZIMATOVA, anjuman ishtirokchisi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.