Xiva tumanida hududiy forum

0
713
marta koʻrilgan.

Xiva tumanida «Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallaning oʻrni»mavzusida hududiy forum boʻlib oʻtdi. Tadbirda tumandagi barcha mahallalardan xotin- qizlarimiz, nuroniy onaxonlarimiz qatnashib urf-odat va milliy qadriyatlarimiz namunalarini namoyish qildilar.

Mahalla azaldan yurtimizda tarbiya oʻchogʻi, ota — bobolarimizdan  meros boʻlib kelayotgan milliy — umuminsoniy qadriyatlar maskani sifatida etirof etib kelinadi. Chunki,  xalkimizning turmush tarzini va donishmandona tafakkurini oʻzida namoyon qiladi. Zero, odamlar orasida oʻzaro mehr-oqibat,   ezguliklar ulashib ahillikda yashash avvalo,  qoʻni –qoʻshni va mahalladan boshlanadi.

 Tadbirda ehtiyojmand kishilar holidan xabar olish, tuy — tomosha, hashar va maʼrakalarni koʻpchilik bilan bamaslahat oʻtkazish, ota -ona, bobo- buvilar, qoʻni-qoʻshnilar, ustozlarga nisbatan chuqur hurmat- ehtiromda boʻlish kabi el-yurtimizga xos urf-odat va anʼanalar mahalladoshlarning ishtirokida oʻz ifodasini topdi.

 Unda mahallalarning yoshlari, bolalari ham faol ishtirok etishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Chunki, asosiy maqsad yurtimizning kelajagi boʻlgan farzandlarimiz ong-shuuriga ezguliklarni singdirishdir.  Ular xalq pedogogikasining goʻzal namunasi boʻlgan milliy bolalar oʻyinlarida  ishtirok etishdi. Bu oʻzaro bellashuv tusini oldi.

 Quroq qoʻshib koʻshagana tikishning xosiyati, toʻyda chiroq yoqishning mazmun-mohiyati, chaqaloqni beshikka belash hamda bu tantanada aytiladigan qoʻshiqlar, ulugʻ yoshga yetganida ayollarga lechak oʻrash va uning mazmun –mohiyati haqida jaranglagan qizgʻin suhbatlar yoshlar va bolalar uchun mahorat maktabi boʻldi, desak arziydi. 

Tadbir soʻngida xalq ijodidan namunalar ijro etilgani forumga yanada  koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Malika Ismoilova, Xiva tumani hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.