Xivadagi Prezident maktabi oʻquvchisi Jonibek Baxtiyarov pandemiya davrini samarali oʻtkazmoqda

0
153
marta koʻrilgan.

Bilim olishni sport bilan uygʻunlashtirgan yosh iqtidor sohibi Xiva shahridagi prezident maktabining 8-sinf oʻquvchisi Jonibek Baxtiyarov lichess.org saytida oʻtkazilgan onlayn shaxmat musobaqasida birinchi oʻrinni egalladi.

Jonibek Baxtiyarov shaxmat sirlarini bobosi Raxmon aka Berdiyevdan oʻrgangan yosh shaxmatchi 2016 yilda Oʻzbekiston chempionati sovrindori boʻldi. Natijada bolalar oʻrtasida oʻtkaziladigan  Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi.

U 2017 yili «Kamolot» shaxmat taxtasi Respublika bosqichida oltin medal, shu yili tezkor shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida oltin medal, rapid yoʻnalishi boʻyicha kumush medal, 2018 yilda Oʻzbekiston chempionatida bronza medal, Qirgʻizistonda oʻtgan Osiyo chemonatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018 yilda Xorazm viloyati tezkor shaxmat boʻyicha chempionatida kumush medal sovrindori boʻlgan.

 Al-Xorazmiy olimpiadasida ham kumush medalga sazovor boʻldi. 2019 yilda Seamo xalqaro olimpiadasida bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Bilim olishni sportning aqliy mashqi  bilan uygʻunlashtirgan yosh iqtidor sohibiga omadlar tilaymiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.