Xorazm viloyatida “Eng kitobxon maktab”  loyihasi asosida ish boshlandi

0
705
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3271-sonli qarori  ijrosini taʼminlash maqsadida keng miqyosdagi  ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida mutolaa madaniyatini yuksak pogʻonaga koʻtarish, badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targʻib etish, ularning ongida milliy anʼana va qadriyatlarga nisbatan hurmat-ehtirom xissini kuchaytirish borasida viloyatda qator tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

“Respublika kitob bayrami”, “Namunali kitob doʻkoni” koʻrik-tanlovi, “Bolalar kitobi” Respublika koʻrgazmasi viloyat tadbirlarini oʻtkazish goʻzal anʼanaga aylanib qoldi. Shaharlar va tumanlar taʼlim va tibbiyot muassasalari, korxona va tashkilotlar xodimlarini kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, jumladan, “Maʼnaviyat xonalari” va kutubxonalarni zaruriy adabiyotlar bilan toʻldirish,  boyitish, markaziy bogʻlar va hiyobonlarda, tumandagi yirik korxona va tashkilotlarda aholi, ayniqsa yoshlarning maʼnaviy bilimlarini kuchaytirish maqsadida  “Oilaviy kitobxonlik”,  “Eng yaxshi kitobxon”, “Men oʻqigan kitob” kabi tadbirlar,  bayramlar hamda sayyor kitob savdo yarmarkalari oʻtkazib kelinmoqda.

 Oʻtgan 2017-2018 yil oʻquv yili davomida viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi, viloyat xalq taʼlimi,  maʼnaviyat va maʼrifat markazi  viloyat boʻlimi hamkorligida ishlab chiqilgan reja-jadvalga binoan viloyat xududidagi barcha 523 ta umumtaʼlim maktablarida “Eng kitobxon maktab” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Uch bosqichda oʻtkazilgan tadbir davomida maktab oʻquvchilari, ularning ota-onalari hamda ustoz murabbiylar uchun keng assortimentdagi, sifatli kitob mahsulotlari taklif etildi. Oʻtkazilgan tadbirlar maktablarda haqiqiy bayramga aylandi. Xatto eng chekka qishloqlarda joylashgan maktablar kitoblardan bebahra qolmadilar. Har bir bosqich yakuniga koʻra “Eng kitobxon maktab”larga viloyat hokimligi va “Urganch kitob markazi” MCHJ tomonidan bir millionlik sertifikatlar, “Eng faol tuman xalq taʼlimi boʻlimi”ga ikki millionlik sertifikatlar topshirildi. Uchinchi bosqich yakuniga koʻra viloyatdagi 54 ta maktab 72,0 mln. soʻmlik sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Natijada maktablarning kutubxonalari fondi badiiy adabiyotlar bilan yanada boyitildi.  

 Viloyatdagi barcha maktablar kutubxonalarini yangi nashrdan chiqqan siyosiy-ijtimoiy, adabiy-badiiy va bolalar adabiyoti bilan toʻldirish, boyitish maqsadida 550,0 ming soʻmlik kitob mahsulotlari imtiyozli narxlarda sotildi. Tuman va shaharlardagi barcha tibbiyot muassasalarida “Oilaviy kitobxonlik kunlari” tashkil etildi. Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi  tuman tibbiyot birlashmalari, markaziy va oilaviy poliklinikalarda kitob marafonlari oʻtkazilmoqda.

 Viloyat hokimligi, ATIB “Ipotekabank”, Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi hamkorligida Xiva tumanidagi 121-sonli koʻzi ojiz bolalar internat-maktabida  2017 yil oktyabridan 2018 yil mayiga qadar haftaning har chorshanba kuni “Kitobxonlik kuni”  oʻtkazildi. Oy yakunida esa ushbu maktabda tahsil olayotgan barcha oʻquvchilarga futbol va volleybol toʻplari, koʻp miqdorda MP4 pleerlari, radiopriyomniklar, turli kitoblar, ustoz va murabbiylar uchun qimmatbaxo sovgʻalar taqdim etildi

 “Urganch kitob markazi” ning tashabbusi bilan joriy yilning 6 — 7 iyul kunlari Toshkentdagi “Turkiston” sanʼat  saroyida “Kitobdan yaxshirok doʻst yoʻq jahonda” maʼnaviy-maʼrifiy hayriya konsert dasturi oʻtkazildi. 2 kun davom etgan konsert uchun biletlar xarbiy xizmatchilar, ichki ishlar xodimlari, shuningdek, xizmat vaktida xalok bulgan xizmatchilarning oila aʼzolari, mehnat fahriylari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, bank xodimlari, mahalla faollari, taniqli yozuvchi va shoirlar, yosh kitobsevarlar uchun bepul tarqatildi.

 Shuni alohida taʼkidlash kerakki, doimiy ravishda “Urganch kitob markazi”  tomonidan turli aksiyalar oʻtkazilib kelinmoqda: “Omadli kitobxon”, “8 mart”, “Tugʻilgan kun”, “Yangi yilda – yangi kitob” aksiyalari aholini, ayniqsa yoshlarning kitobga boʻlgan mehrini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Viloyatda  mavjud 35 ta kitob doʻkonlari, axborot- kutubxona, axborot resurs markazlari, nashriyotlar va ommaviy axborot vositalari kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, targʻib qilish,  aholiga sifatli va badiiy jihatdan yuksak badiiy adabiyotlarni taqdim etish maqsadida turli xayrli va ezgu tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. “Xorazm” nashriyotida chop qilinayotgan kitoblarning taqdimotlari, voha shoir va yozuvchilari bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar, marafonlar va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

21 sentyabr kuni  esa “Eng kitobxon maktab”  shiori ostida viloyat umumtaʼlim maktablarida oʻtkaziladigan kitob bayramlarini tashkiliy masalalariga bagʻishlangan yigʻilish Yangibozor tumanidagi 16-sonli bolalar musika va sanʼat maktabida boʻlib oʻtdi.  Ushbu yigʻilish viloyat hokimligi, viloyat axborot va matbuot boshqarmasi,  viloyat maʼnaviyat va maʼrifat markazi,  Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etildi. Loyiha  doirasidagi ishlar 24 sentyabr kuni Urganch shahar va Urganch tumanidagi umumtaʼlim maktablarida boshlanadi.

         Dilbar Bekchanova,

 Xorazm viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshligʻi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.