Xorazm viloyatida jurnalistlar  va blogerlar uchun media-tur tashkil etildi

0
126
marta koʻrilgan.

“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida  jurnalistlar  va blogerlar uchun media-tur tashkil etildi.

Dastlab media-tur ishtirokchilariga muzey-qoʻriqxonada  amalga oshirilayotgan ishlar, muzeyshunoslik sohasidagi xalqaro aloqalar, sayyohlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yangi tashkil etilgan boʻlim, ekspozitsiyalar hamda kelgusidagi rejalar haqida maʼlumotlar berildi.

Hududi 26 gektar maydondan iborat, 58 ta tarixiy-meʼmoriy obida joylashgan muzey-qoʻriqxonaning faoliyat boshlaganiga 103 yil toʻldi. Hozirgi kunda 16 boʻlim, 30 ta ekspozitsiyadan oʻrin olgan nodir osori-atiqalar mahalliy  va xorijiy sayyohlarning eʼtibor hamda eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda.

Maʼlumki, tarixiy shahar Xiva 2024 yilda Islom dunyosi turizm poytaxti, deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xiva — 2024 yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-223-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda belgilangan vazifalar  Xiva shahrining turistik salohiyatini mamlakat va xalqaro maydonda keng targʻib qilish borasida  ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar  va blogerlar  zimmasiga alohida  masʼuliyat yuklaydi.

Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Dilbar Bekchanova, faxriy jurnalist Abdulla Sobirov, muzey-qoʻriqxona ilmiy kotibi, tarixchi olim Komiljon Xudoyberganov va boshqalar  ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirish davomida buni alohida taʼkidlab oʻtishdi.

Ochiq muloqot va savol-javob asosida oʻtgan davra suhbatida ishtirokchilar  oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha  maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Media-tur ishtirokchilari uchun muzey-shahar boʻylab sayohat tashkil etildi. Shuningdek,  ular boʻlim va ekspozitsiyalardagi  nodir  osori-atiqalar bilan yaqindan tanishdi  hamda sayyohlar, hududda  faoliyat koʻrsatayotgan hunarmandlar bilan suhbatlashdi.

Manbaa: Jurnalistlar uz 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.