Xorazm viloyatida  mehnat yarmarkasi

0
309
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida   mehnat yarmarkasi oʻtkazildi, deya xabar beriladi Xorazm viloyat hokimligi saytida.

Tadbirda viloyatdagi 807 ta korxona va tashkilotlar oʻzlaridagi 4371 ta boʻsh ish oʻrinlariga ishsiz fuqarolarni taklif qildilar. Yarmarkaga  
 2007 nafar ishsiz fuqarolar va kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar qatnashdi. 

Yarmarka davomida  820 nafar ishsiz fuqarolar hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.

Shundan, 127 nafar ishsiz fuqarolarga qayta kasbga oʻqitishga yoʻllanma berildi. Yana  434 nafar ishsizga haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yoʻllanmalar berildi.

Doimiy ishga joylashish uchun  259 nafar ishsiz fuqaroga va  kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi. Shundan, 144 nafari yoshlar, 26 nafari kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, 119 nafari ayollar hisoblanadi.

Qolgan 1187 nafar fuqarolarga mehnat konunchiligi va huquqiga doir maslahatlar berildi. 

Mamlakatimizda mehnat yarmarkalari oʻtkazilishi anʼanaga aylandi. Shu yoʻl bilan koʻplab yoshlar  va ayollar oʻzlariga maʼqul kelgan ishni tanlab, mehnat faoliyati bilan band boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.