Xorazmda  “Bolalar kitobi” festivali

0
576
marta koʻrilgan.

Xorazm  viloyat axborot-kutubxona markazida “Bolalar kitobi” festivali oʻtkazildi. Festival doirasida viloyat axborot-resurs markazlarining hamda kutubxonalarning koʻrgazmalari, kitob savdosi  tashkil qilindi. Vohaning taniqli bolalar shoir va yozuvchilari bilan uchrashuvlar, “Bilimdon oʻquvchi” viktorinasi, “Chevar qiz” koʻrgazmasi, “Dono bolajon” shaxmat-shashka musobaqalari uyushtirildi.

“Sogʻlom va maʼnaviy yetuk avlod-yurt kelajagi” mavzuidagi  uchrashuvda bolalar shoiri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Ollabergan Poʻlatov, shoira, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Gavharjon Ibodullayeva, taniqli  yozuvchi va shoirlar  Ismoil Ollaberganov, Boltaboy Bekmetov, Ortiqboy Manglibayev, Qadamboy Shodonov  ishtirok qildilar.

“Kitob-bizning doʻstimiz”, “Kitobdan yaxshiroq doʻst yoʻq”, “Kitob-benazir ustoz” mavzusidagi maʼruzalar oʻqituvchi va bolajonlarda katta taassurotlar qoldirdi.

Koʻrgazmaning ochilishi tantanasida  axborot resurs  markazlarining faol oʻqituvchilari va  iqtiʼdorli bolalarga tashkiliy qoʻmitaning “Faxriy yorliq” lari topshirildi.

Bolalarning kitob bayrami ikki  kun davom etdi. Tadbirning ikkinchi kunida viloyat axborot- resurs markazi tomonidan tayyorlangan  “Oʻqish – eng yaxshi taʼlim” deb nomlangan  tadbirda ishtirok qilgan bolajonlar vohaning taniqli shoir va yozuvchilari Quronboy Muhammadrizo, Erkin Madrahimov bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yosh isteʼdodlarning mushoiralari ham oʻtkazildi.

Bayram tadbirlari bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.

Gulyor Palvanova,

Toshkent axborot texnologiyalari Urganch filiali talabasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.