Xorazmda ikki kunlik press-tur

0
414
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Xorazm viloyatidagi moddiy-madaniy meros obyektlari holatini oʻrganish, tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylashda ommaviy axborot vositalari rolini oshirish, turistik imkoniyatlarni keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan press-tur taassurotlarga boy boʻldi. 
 
Ikki kun davom etgan sayohatda mamlakatimizdagi 20 ga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
 
Jurnalistlar sayohatni “Ichan Qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasida joylashgan moddiy-madaniy meros obyektlari bilan tanishishdan boshladi. Ochiq osmon ostidagi muzey shaharda joylashgan «Ota darvoza», «Kalta minor» yodgorliklari, qator maqbaralar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
 
– Loyiha doirasida tashkil etilgan tadbirlarda asosan ichki turizmni rivojlantirishga eʼtibor qaratildi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari Matluba Asqarhoʻjayeva. – Keng jamoatchilikni mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, qadimiy osori atiqalari bilan tanishtirishda yaxshi natijaga erishishimiz uchun, avvalo, ommaviy axborot vositalari eʼtiborini jalb qilish muhim. Yurtimizning har bir hududi oʻziga xos tarixi, madaniyati va urf-odatlariga ega. Bunday press-tur sayohatlari endi har oyda yurtimizning turli viloyatlariga uyushtiriladi.
 
Sayohat ishtirokchilari Xiva shahridagi “Deshon qalʼa” hududidagi obidalardan biri «Nurillaboy saroyi», shuningdek, Urganch tumanida joylashgan “Ulli hovli” yodgorlik majmuasi bilan ham tanishdilar.
 
Manbaa: Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.