Xorazmda «Xalqaro Olimpiya kuni” munosabati bilan sport sayli

0
294
marta koʻrilgan.

Urganch shahridagi «Yoshlik» sport majmuasida «Xalqaro Olimpiya kuni” munosabati bilan “Sport yoshlarimiz parvoziga qanotdir” shiori ostida sport shou sayli oʻtkazildi.

Ushbu tadbirda 16 xil sport turidan koʻrgazmali chiqishlar namoyish qilindi. Karting, velosport, dzyudo, taekvando, kurash, boks, sport kurashlari, karate, badiiy va sport gimnastikasi, baydarkada eshkak eshish kabi sport turlari boʻyicha  oʻtkazilgan bellashuvlarda 16 000 ga yaqin havaskor sportchilar ishtirok etishdi.

Ular safida institutimiz talabalari ham borligidan, bellashuvlarda biz ham ishtirok etganimizdan bagʻoyat xursand boʻldik. 

 Shuningdek, Xalqaro va Respublika miqyosda gʻoliblikka erishgan sportchilar ishtirokida mahorat saboqlari ham biz yoshlarda katta taassurot qoldirdi. 

Xonandalarning oʻziga xos chiqishlari tadbirga yanada fayz bagʻishladi. Biz  sport saylidan bir olam zavq-shavq oldik.

Elyor PALVANOV,

Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti Urganch filiali talabasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.