Xorazmning Guliston qishlogʻida yana bitta xususiy maktabgacha taʼlim maskani

0
202
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi  Doʻstlik maxallasida joylashgan yangi tashkil etilgan davlat xususiy sherikchilik asosidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasi    faoliyatidan ota onalar mamnun.

Guliston qishlogʻidagi ushbu bolalar maskani qaldirgʻoch emas, ikkinchi xususiy maktabgacha taʼlim maskanidir. Ushbu taʼlim maskanida  25 nafar jajji farzandlar  tarbiyalanyapti. Ayniksa, tarbiyachi Kenjayeva Norjonoy va enaga Jumaboyeva Dildoraning bolajonlar bilan muomalasini, ish uslubini koʻrib xavasingiz keladi. Chunki, oʻzim qirq yildan ortiq pedogogik stajga ega boʻlganim uchun bu yoʻnalishga alohida eʼtibor beraman.

Bolalar maskani yakka tartibdagi tadbirkor Otajonova Sohiba tomonidan tashkil etgan boʻlib, ushbu muassasa ishlovchi ota-onalarga qulaylik yaratish bilan birga  besh kishini ish bilan ham taʼminladi.

Keyingi paytda farzandi xususiy maktabgacha taʼlim maskanlarida tarbiyalanishini istaydigan oilalar soni ortib boryapti. Talab oshgan joyda esa oʻz navbatida taklif ham oshadi.

Xususiy taʼlim maskanlari koʻpayishi oʻz navbatida taʼlim sohasida raqobat muhitini yaratadi, farzandlarimizga taklif etilayotgan taʼlim sifatini oshiradi. Qolaversa, bu raqobat yaxshi tarbiyachilarga boʻlgan talab oshishiga, ularning maoshi va ijtimoiy mavqei ortishiga sabab boʻladi.

Eng asosiysi, taʼlim sohasida xususiy sektor ulushi ortishi hamda nisbatan yuqori daromad va moliyaviy imkoniyatga ega oilalarning farzandlari xususiy tarbiya maskanlariga borishi davlat bogʻchalariga boʻlgan bosimni kamaytirib, eng qisqa muddatlarda ikkala sektordagi bolalar soni mutanosib boʻlishiga erishish imkoniyatini yaratadi.

Jumagul Roʻzmetova, nafaqadagi pedogog

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.