Xorijdan mamlakatimizga taʼlimni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi

0
106
marta koʻrilgan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan 2023/2024-oʻquv yilida davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish uchun oʻtish ballari tasdiqlandi.

Jadvaldan koʻrish mumkinki, oʻtgan yilgi oʻtish ballari bilan deyarli farq yoʻq. Faqat 2 ta yoʻnalishda oʻzgarish boʻlgan:

 Veterinariya — 60 ball (oʻtgan yili 80 ball edi);

 Transport xizmati — 104 ball (oʻtgan yili 94 ball edi).

Yuqoridagi oʻtish ballari quyidagilarga taalluqli:

Xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlarga;

Yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlarga.

ESLATMA: oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar 15 iyuldan onlayn qabul qilinadi.

Manbaa:@eduuz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.