Xorijiy investitsiyalarning muayyan foizi ilmga va ilmiy kadrlar tayyorlashga yoʻnaltiriladi

0
97
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi, deya xabar beriladi prezident.uz saytida.  

“Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardosh boʻlaman degan davlat albatta ilmga eʼtibor berishi kerak. Sizlarning tilingizda aytganda, biz ham mamlakatimizni progressiv va innovatsion rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun olimlar, tadqiqotchilar Vatanga xizmat qilishi, ilmiy-texnologik ishlanmalarini barcha sohalarda, ayniqsa, viloyatlarda joriy etishi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Davlatimiz rahbari mamlakatimizga kelayotgan har bir xorijiy investitsiyaning muayyan foizi ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy kadrlar tayyorlashga yoʻnaltiriladigan tizim qilish boʻyicha topshiriq berdi. 

Olimlar davlatimiz rahbarining kecha qabul qilingan “Respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ularga katta xursandchilik, moddiy va maʼnaviy ragʻbat bagʻishlaganini alohida qayd etdilar. Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdilar.

Prezidentimiz ilm-fan vakillarining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdi. Jumladan, ularni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha koʻrsatma berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.