Xorijiy maʼlumotlar bazasidan eng faol foydalangan kutubxona bellashuvi

0
118
marta koʻrilgan.

“INFOLIB O’ZBEKISTON-2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligi  doirasida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining “E-line Press” kompaniyasi bilan hamkorlikda fan, taʼlim va biznesda jahon axborot resurslari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mamlakatimizning axborot-kutubxona markazlarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Taqdimotdan koʻzlangan maqsad – fan, taʼlim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarini rivojlantirish boʻyicha samarali va amaliy hamkorlik qilish uchun kutubxonalar, taʼlim va ilmiy tashkilotlar faoliyatini faollashtirishdan iborat.

Ushbu tadbirda koʻplab xalqaro va xorijiy tashkilotlarning   yetakchi mutaxassislarining maʼruzalari tinglandi.

Shuningdek, tadbir doirasida xorijiy maʼlumotlar bazasidan eng faol foydalangan kutubxonalarni taqdirlash marosimi ham  oʻtkazildi.

Tahliliy bellashuvda  Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi 1- oʻrinni egalladi. Toshkent tibbiyot akademiyasi axborot-resurs markaziga 2- oʻrin nasib qildi. Andijon tibbiyot instituti axborot-resurs markazi esa 3- oʻringa munosib topildi.

Peshqadamlar  qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.