Xotin-qizlar huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlidagi hamkorlik

0
450
marta koʻrilgan.

Oilalar- mahallalar tayanchi,  vatan ichidagi vatan! Unda yurt kelajagi voyaga yetadi.  Shuning uchun mamlakatimizda oilalarga, bola tarbiyasiga alohida eʼtibor beriladi.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash esa onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdir. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab quvvatlash va oila instutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish yuzasidan Bogʻot tumani xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarda   tuman IIB HPB xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari boʻyicha  keng hamkorlikni yoʻlga qoʻyilgan.

Mahallalarga, honadonlarga uyma-uy kirib ularnig muammolarini oʻrganish natijasida ayollarni ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taminlangan, nogironligi bor, jinoyat sodir etganlar, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan toifalarga ajratilib, ularning aniq manzilli roʻyxatlari shakllantirildi. Mahallalar raislari, mutxassis profilaktika inspektorlari, otinoyilar va mahalla faollaridan iborat tarkibda ishchi guruhlari tuzilib, ular tomonidan har bir oiladagi xotin-qizlarni turmush tarzi oʻrganilib, imkon qadar maʼnaviy va moddiy yordam berish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va huquqbuzarliklarni oldini olish, notinch va ajrim yoqasidagi oilalar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, xotin-qizlar oʻrtasida salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan” hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Oʻz joniga suiqasd qilgan xotin-qizlar bilan tuman bosh imomini jalb qilgan holda yakka tartibdagi profilaktik ishlar olib borildi. Maʼnaviy koʻmakka muxtoj boʻlgan xotin-qizlarga “Oila” ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda psixolog jalb qilinib, ularga ruhiy madad berildi. Har bir qishloqda xotin-qizlarning keng ommasini jalb qilgan xolda sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi tadbirlar tashkil etildi. Malakali shifokorlar jalb qilinib xotin-qizlar uchun foydali maslahatlar berilishi tashkil etildi. Mahallalarda ota-ona bilan farzand, qaynona va kelin munosabatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.  Jumladan, ibratli oila tadbiri oʻtkazilib, unda qishloq va tuman miqyosida oʻzi yashayotgan hududda qoʻni-qoʻshnilariga ibrat boʻlib kelayotgan oilalar taqdirlandilar. 

Yosh qizlar orasida salbiy xolatlarni oldini olish uchun “Biz sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targʻibot tadbirlari uyushtirilmoqda. Xotin-qizlarning huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishini barvaqt oldini olish maqsadida “Huquqbuzarlik va jinoyat uchun javobgarlik, bu kabi salbiy holat sodir etganlik oqibatlari” mavzularida tizimli ravishda har haftada bir mahallada targʻibot -tashviqot ishlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan. 

Leytenant  Z.Tillabayeva,

Bogʻot tuman IIB HPB Xotin kizlar

bilan  ishlash  masalalari boʻyicha katta inspektori

 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.