XOTIN-QIZLAR QOʻMITASINING HISOBOT-SAYLOV KONFERENSIYASI

0
411
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar jarayonida ularning faol ishtirokini taʼminlash, turli soha va tarmoqlarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. 

Onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar bandligini taʼminlash va ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish borasida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Aynan mazkur masalalar boʻyicha olib borilgan ishlarni tahlil qilish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida tuman va shahar Xotin-qizlar qoʻmitalarining hisobot-saylov konferensiyalari oʻtkazilmoqda.

Toshkent shahar Sergeli tumani hokimligida ham tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining VI hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi D.Najmuddinova, Sergeli tuman hokimi oʻrinbosari M.Xidirov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, xamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Konferensiya kun tartibiga toʻrtta masala kiritilgan boʻlib, ularning asosiylaridan biri tuman xotin-qizlar qoʻmitasining 5-yillik xisoboti boʻlib, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish boʻyicha xamkor tashkilotlar bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil tuxtalib oʻtildi.

Shuningdek, konferensiya delegatlari tomonidan Sergeli tuman hotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimiga bir ovozdan Aygul Sattarova saylandi. Tadbir davomida xotin-qizlar qoʻmitasining Boshqaruvi tarkibi va nazorat-taftish komissiyasi aʼzolari saylandilar. Soʻngra, boshlangʻich tashkilotlar delegatlari orasidan Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitasi hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.

                                                                                                                                                                  Xayotxon Qoʻchqarova

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.