Gurlan tumanidagi 33- oʻrta maktab hovlisida sobiq oʻquvchimiz Saparmurod Atayev xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik mavjud. U navqiron oʻn toʻqqiz yoshida 1982 yili Afgʻon urushida xizmat vazifasini oʻtayotganida qahramonlarcha halok boʻlgan.
Har gal maktabimizda boʻlgan tantanalarda, xotira kunlarida yodgorlik poyi gullarga toʻlib ketadi. Biroq, bu ota-onaning dardlarini, navqiron yigitning koʻshagana ham koʻrmay ketgan, koʻkka uchgan qaldirgʻochlar kabi goʻzal orzularini qaytara oladimi? Yoʻq, albatta!
Biz pedogoglar daftar tekshirayotganimizda beixtiyor biror xato chiqmasa dilimiz yorishib ketadi. Umidlari bir olam yigitning hayotini ana shu dogʻ tushmagan daftarga oʻxshataveraman.
Ushbu yodgorlik yonidan oʻtayotganimizda, baynalminal burchini bajarayotib, qahramonlarcha halok boʻlgan navqiron yigitning taqdiri orqali urush dahshatlarini eslaymiz. Tinchlik buyuk neʼmat ekanligini yana bir bora his etamiz. Chunki, oʻzimiz ham ikkinchi jahon urushi asoratlari davom qilayotganda bir davrda tugʻilib voyaga yetganmiz.
Yoshlarimiz qalbiga Saparmurod Atayev timsolida burchga sadoqat, mardlik, ezgulik tuygʻularini singdirishga intilamiz.
Ayni kunlarda Gurlan tuman hokimiyati tashabbusi va qishloqimiz fermerlari homiyligida oʻttiz besh yillik yodgorlik qayta taʼmirlanmoqda.
Jumagul ROʻZMETOVA, pedogog