9 may – Xotira va qadrlash kuni «Hamkor Stimul Servis» Innovatsion loyihalar ilmiy tadqiqot markazi va OʻzLiDeP respublika siyosiy kengashi hamkorlikda Navoiy, Xorazm va Namangan viloyati tadbirkor ayollari koʻmagida sardobalik jabrlangan aholiga kerakli boʻlgan isteʼmol buyumlari olib kelib topshirildi.
Shu bilan birga buyuk gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan aholi bilan yaqin suhbatda boʻlib, ularni bayram bilan qutladilar. Ertangi kunga ishonch va umid uygʻotish, tushkun koʻngillarga kuch-quvvat bagʻshida etish maqsadida taniqli sanʼatkor Yulduz Abdullayeva jonli ijrosi bilan dillarni xushnud qildi. Tashabbuskor «Hamkor Stimul Servis» markazi rahbari, shoira Shoxida Sultonova esa oʻz sheʼrlari oʻqib dillarga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Qolaversa, Sardobada kechayu-kunduz tik oyoqda turib, jonbozlik qilayotgan Ichki ishlar boshqarmasi fidoyilari va Milliy gvardiya askarlari bilan uchrashib, ularga yanada shijoat va gʻayrat tilab bayram bilan tabriklab qaytdilar.
Sh. SULTONOVA