Mamlakatimizda jurnalistikaga qiziqadigan yoshlar kam emas. Bu yaxshi. Ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ittifoqi amaliy tashabbus koʻrsatdi.
Jumladan, Xorazm viloyati Kengashi hududdagi telekanal, ijtimoiy tarmoqlarda “Yosh jurnalistlar” toʻgaragi ish boshlashi toʻgʻrisida eʼlon berdi.
Koʻp oʻtmay, aʼzo boʻlish istagidagi yoshlar soni 70 nafarga yetdi.
Kuni-kecha ushbu toʻgarakning ilk mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Toʻgarak 3 oy davom etadi. Mashgʻulotlar tajribali jurnalist va suxandonlar tomonidan olib boriladi.
Toʻgarak aʼzolari bu yerda matbuot, televideniye va radio hamda internet-jurnalistika yoʻnalishlari boʻyicha oʻz mahoratlarini oshirishadi.
Qolaversa “S Iqbol” telekanali va “Xorazm haqiqati” gazetasi bilan hamkorlikda amaliyot darslari ham tashkil qilinadi.
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Axborot xizmati