Yakkasaroy tumani: Vatan mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Mahalla kelini”, “Odobli qiz”, “Maʼrifatli ayol” loyihasi

0
111
marta koʻrilgan.

 Oila inson kamolotining bosh boʻgʻini, davlat tizimining eng muhim instituti, jamiyatimiz oʻzagi, negizidir. Har qaysi millatning oʻziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning oʻrni va taʼsiri beqiyosdir. Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi.

Bunda oila aʼzolarining, ayniqsa, er va xotinning oʻzaro murosa-madoraga borishi, gʻazabi kelganda uni yengishi va shirin soʻzli boʻlishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni koʻchaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.

Yakkasaroy tumanidagi 21 ta mahallalaridan har taraflama namuna boʻlib kelayotgan 21 nafar oilalarga mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi xodimlari, mahalla faollari tashrif buyurishib, “Mahalla kelini”, “Odobli qiz”, “Maʼrifatli ayol” loyihasida turmush tarzi namnunali deb topilgan fuqarolarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.