Yana 18 kundan soʻng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida Olimpiya oʻyinlari start oladi

0
132
marta koʻrilgan.

Olimpiadada qatnashadigan oʻzbekistonlik bokschilar Marat Qurbonov boshchiligida tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini musobaqa oʻtkaziladigan manzil – Yaponiyaning oʻzida olib borishadi.

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan  Oʻzbekiston terma jamoasining charm qoʻlqop ustalarini  Tokioning “Narita” aeroportida Tashkiliy qoʻmita vakillari kuchli nazorat va tekshiruv bilan kutib  olishdi. Hamyurtlarimizning salomatligi koʻzdan kechirilgach, delegatsiya Yaponiya zaminiga kirib bordi.

Bokschilarimiz olimpiada boshlanguncha Tokio shahrining oʻzida soʻnggi tayyorgarlik yigʻinini oʻtkazishadi. Unda asosiy eʼtibor texnik va umumiy holatni yaxshilash, sport formani eng yuqori pogʻonaga olib chiqarishga qaratiladi.

 Yaponiya poytaxti Tokio shahrida start oladigan  olimpiya oʻyinlarida erkaklar tarkibda  Shahobiddin Zoirov,  Miraziz Mirzaxalilov,  Elnur Abduraimov,  Bobousmon Baturov, Fanat Qahramonov,  Dilshod Roʻzmetov, Sanjar Tursunov, Bahodir Jalolov ishtirok etishadi.

Ayollar jamoasi tarkibida  Tursunoy Rahimova, Rayhona Qodirova,  Shahnoza Yunusova bellashadi.

Tokio olimpiadasida boks bahslari 24 iyul kuni start oladi.

J. SAʼDULLAYEV tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.