Yana bir oltin! Ruslan Nuriddinov Osiyo oʻyinlari rekordini oʻrnatdi!

0
178
marta koʻrilgan.

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining sakkizinchi kunida ham sportchilarimiz terma jamoamiz hisobiga medallar taqdim etishda davom etishmoqda.

Bugun, 26 avgust kuni ogʻir atletika boʻyicha Ruslan Nuriddinov ham shohsupaga koʻtarildi. U dast koʻtarish bahslarida 191 kg, siltab koʻtarishda 230 kg, umumiy 421 kg natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi! Bu natija Osiyo oʻyinlarining yangi rekordi hamdir.

Eslatib oʻtamiz, bugungi musobaqalarda ogʻir atletikachimiz Omadoy Otaqoʻziyeva kumush medal sovrindoriga aylandi.

17 yoshli sportchimiz Abdumalik Salimov hamda bronza medali sohibi boʻldi. Karate WKF boʻyicha -60 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Sadriddin Saymatov ham Osiyo oʻyinlarini medalini qoʻlga kiritdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.