Yangi bogʻda ish qizgʻin davom etmoqda

0
99
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 avgust kuni «Yangi Oʻzbekiston» bogʻida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi.

Bogʻda manzarali daraxtlar va gullar ekilib, soʻlim hududlar barpo etilmoqda. Bayram tadbirlari oʻtkazish uchun 5 ming oʻrinli ochiq amfiteatr qurilmoqda.

Davlatimiz rahbariga ushbu amfiteatrda boʻlajak qulayliklar haqida maʼlumot berildi.

«Istiqlol» majmuasining asosi tiklanib, qurish va pardozlash ishlari davom ettirilmoqda. Unda Oʻzbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarimizning buyuk merosi, xalqimizning milliy qadriyatlari oʻz ifodasini topadi.

Prezidentimiz ushbu majmuadan oʻrin oladigan barelyef va bezak namunalari bilan tanishdi. Mutasaddi va quruvchilarga oʻz tavsiyalarini berdi.  

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.