YANGI LOYIHA: “TARGʻIBOTCHI KITOBXON OʻQUVCHI”

0
1260
marta koʻrilgan.

Kitob — bilimlar manbai, barcha ezgu ishlar, yaxshiliklar vositasi. Tashvish va quvonchli onlarimizda eng ishonchli dst, sadoqatli hamroh ham kitobdir. Yosh avlodning kelajak yllarini yoritishda, belgilashda ham kitobning rni beqiyos.

Maktabimizda muhtaram Prezidentimizning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, targʻib qilish boʻyicha qabul qilgan muhim tarixiy hujjatlarining ijrosini taʼminlash maqsadida keng koʻlamda ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Maktabimiz oʻquvchilari orasida kitobxonlikni targʻib qilish borasida “Targʻibotchi kitobxon oʻquvchi” loyihasi amalga toshirilmoqda. Loyiha doirasida xonadonlarda, maktabgacha tarbiya muassasalarida turli maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar, tanlovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu kunlarda taʼtil paytlarida bolalarning dam olish oromgohlarida boʻlib, dam oluvchilarni yangi kitoblar, qoʻllanmalar bilan tanishtirib boryapmiz.

Yangi oʻquv yili boshlanishi bilan eng faol kitobxon targʻibotchilar aniqlanib, maktabimiz maʼmuriyati tomonidan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Mazkur yangi loyiha doirasidagi tadbirlar yosh kitobxonlar safini kengaytirishda muhim maʼnaviy vosita boʻlib xizmat qilishiga shubha yoʻq.

Sayyora RAHMONOVA,

Urganch shahridagi 17-son umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.