Yangi ochilgan Xiva vokzalida – kutubxona

0
1471
marta koʻrilgan.

Xorazmning qadimiy meʼmorchilik anʼanalariga xos bezatilgan yangi ochilgan Xiva vokzalida bir vaqtning oʻzida 200 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatilishi mumkin boʻlgan zamonaviy VIP zallar, ona va bola, tibbiyot xonalari bilan birga kutubxona va oʻquv zali ham tashkil etildi. Qadimiy Xivaga tashrif buyuradigan  yurtdoshlarimiz va turistlarga kutubxona boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun qoʻshimcha qulaylik boʻlish bilan birga yurtimiz haqida boy taassurotlar bilan qaytishiga imkoniyat yaratildi. 

– Ziyo maskani mingdan ortiq oʻzbekcha, ruscha va inglizcha kitoblar bilan taʼminlandi. Bu borada eng avvalo,  Oʻzbekiston, jumladan,  Xorazm haqidagi tassurotlarni boyitadigan asarlarga alohida eʼtibor berildi.  Shuningdek, bu yerga tashrif buyuruvchilar davriy nashrlar bilan ham tanishishi mumkin, – deydi Xorazm viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi boshligʻi Dilbar Bekchanova.

Gulyor Palvanova,

 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
Urganch filiali talabasi

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.