Yangi yil quvonchlari: Xorazm viloyati perinatal markazi qayta taʼmirlanib foydalanishga topshirildi

0
435
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyati perinatal markazida 20 milliard 180 million soʻmlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilda bu yerda qabul, diagnostika, laboratoriya, poliklinika va asoratli homiladorlar boʻlimlari binolari ham barpo etildi.

Yangi yil arafasida binolarning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda viloyat hokimi Farxod Ermanov soʻzga chiqib aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi, tibbiyot muassasasining zamonaviy binosi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan barchani qizgʻin tabrikladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.