Yangi yilga tuhfa: Xiva Davlat xizmatlari markazi

0
563
marta koʻrilgan.

Yangi yil arafasida Xiva shahar Davlat xizmatlari markazi yangidan qurilib, butunlay oʻzgacha ruhda barpo etildi.

Unda siz milliylik va zamonaviylikning uygʻunlashganligining guvohi boʻlasiz. Keng va yorugʻ  xonalar, naqshinkor devor, markazga kelgan har bir kishini oʻziga jalb etmasdan qolmaydi.

Binoda murojaat qiluvchi aholiga barcha qulayliklar yaratib qoʻyilgan boʻlib, investorlarni kutib olishga moʻljallangan muzokara zali, kitobxonlar uchun kutubxona, yosh bolasi bilan kelgan onalarga  yaratilgan sharoitlar, oʻyinchoqlar bilan toʻldirilgan maxsus xona mavjud. Ovqatlanish xonasida esa oʻzbek mentalitetiga xos boʻlgan supa joylashtirilgan boʻlib, orom olish imkoniyati yaratilgan boʻlib, bu yerga kelgan yoshu-qarini oʻziga chorlaydi.

Ushbu sharoitlarning bari Xiva shahrida istiqamat qilayotgan 91 mingdan ziyod aholining davlat xizmatlaridan koʻngli toʻlib va unumli  foydalanishlari yoʻlida qilinayotgan sayʼ-harakatlardir.

Shu paytgacha ularga 36 mingdan ortiq  xizmatlar koʻrsatilgan boʻlib, shundan 1030 ga yaqini sayyor tartibda amalga oshirildi.

Maftuna Roʻzimatova,

 Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati

boshqarmasi Jamoatchilik va OAV

bilan aloqalar shoʻbasi yetakchi maslahatchisi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.