Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi Imperatoriga tabrik yoʻlladi

0
242
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning bir yuz yigirma oltinchi Imperatori sifatida taxtga oʻtirgani munosabati bilan Yaponiya Imperatori Naruxitoga samimiy qutlovlar va eng ezgu tilaklar bitilgan maktub yoʻlladi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.   

Davlatimiz rahbari oʻz maktubida Naruxitoning «Reyva» deb nom olgan hukmronlik davrida Yaponiya barqaror va uygʻun rivojlanishiga, mamlakatning jahondagi yetakchi oʻrni yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

«Umid qilamanki, Sizning koʻmagingiz bilan Oʻzbekiston-Yaponiya strategik sherikligini mustahkamlash va kengaytirish borasidagi aniq maqsadga yoʻnaltirilgan birgalikdagi saʼy-harakatlar davom ettiriladi», — deb taʼkidlagan Prezidentimiz oʻz qutlovida.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here