Yashash yaxshi, yaxshi yashash undan-da yaxshi

0
1050
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnomasida aholini, ayniqsa, byudjet sohasi xodimlarini, kam taʼminlangan oilalarni uy-joy muammosi koʻpdan buyon qiynab kelayotgani, bu ogʻir ijtimoiy muammoga  deyarli eʼtibor berilmay kelganligini gapirdi. 

Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib,  joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishilganligini taʼkidladi. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va koʻp qavatli uy-joylar barpo etilgani, bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan boʻlsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar koʻp uy-joy qurilganini gapirdi. 

Keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega boʻlgan koʻpqavatli uy-joylar qurilishi boshlanib,. 2017 yilning oʻzida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirilgani, birgina Toshkent shahrining oʻzida joriy yilda 420 ming kvadrat metr koʻpqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirilganini, bu oʻtgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar koʻpligini taʼkidladi.

«Ular safida mening oilam ham borligidan bagʻoyat hursandman. Sergeli tumanida joylashgan uyimizda barcha shart-naroitlar mavjud. Xonadonimga kirar ekanman, yashash yaxshi, yaxshi yashash undan-da yaxshi deb takrorlab juda xursand boʻlib ketaman. Endigina doktoranturaga kirgan bizdek yosh oila uchun bu katta siylov»,-deydi Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti doktoranti  Shoxnoza Toʻlaganova.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.