Yil quvonchlari: Ixtiyorbek Norov «MDHning eng yosh olimi-2020» xalqaro tanlovi gʻolibi

0
177
marta koʻrilgan.

Nukus davlat pedagogika instiuti turkiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi Ixtiyorbek Norov Qozogʻistonning Nursulton shahrida oʻtkazilgan «MDHning eng yosh olimi-2020» xalqaro tanlovida «Filologiya fanlari» yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, faxrli birinchi oʻrinni egalladi.

Oʻn toʻrt mamlakat yoshlari qatnashgan ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining oliy oʻquv yurtlari talabalarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Ilm-fan, texnika rivojlanishiga munosib hissa qoʻshayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib ragʻbatlantirishdir.

Tanlov natijalariga koʻra,  Ixtiyorbek Norov ilmiy ishlari, qoʻlga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlari hisobga olingan holda eng yuqori oʻringa munosib koʻrildi.

Iqtidorli talaba «MDHning eng yosh olimi-2020» yozuvi tushirilgan koʻkrak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlandi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.