Yilning eng yaxshi toʻgarak rahbari-2017

0
470
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi  Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida ilk marotaba «Barkamol avlod» bolalar markazlarining toʻgarak rahbarlari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi toʻgarak rahbari-2017” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi oʻtkazildi, deya xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi Matbuot xizmati.

Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad “Barkamol avlod” bolalar markazlarida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularning ijodiy faolligini oshirish, samarali natijalarga erishayotgan toʻgarak rahbarlari ish tajribalarini ommalashtirish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishdan iborat.

Koʻrik-tanlov 3 bosqichda oʻtkazilib, tanlovning quyi bosqichlarida jami 650 nafardan ziyod toʻgarak rahbarlari ishtirok etdi. Ulardan viloyat bosqichida 1 oʻrinni egallagan 14 nafar toʻgarak rahbarlari koʻrik tanlovning Respublika bosqichida bellashdi.

Tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan toʻgarak rahbarlarining bilim va isteʼdodi 5 ta shart boʻyicha sinovdan oʻtkazildi. Toʻgarak faoliyati samaradorligi, uslubiy-pedagogik salohiyat, amaliy mashgʻulot, oʻzi tayyorlagan “Barkamol avlod” bolalar markazlarida toʻgarak mashgʻulotlarini rivojlantirish Konsepsiyasi va test sinovi kabi shartlar hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga koʻra Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi toʻgarak rahbari Toʻxtajon Yuldosheva “Yilning eng yaxshi toʻgarak rahbari-2017” koʻrik-tanlovi gʻolibiga aylandi. Jizzax viloyati “Barkamol avlod” bolalar markazi toʻgarak rahbari Jamila Oʻktamova 2-oʻringa, Navoiy viloyati Zarafshon shahri “Barkamol avlod” bolalar markazi toʻgarak rahbari Gulnoza Bozorova 3-oʻringa loyiq deb topildi.

Shuningdek, ishtirokchilar “Badiiy ijodiyot yoʻnalishida eng yaxshi gʻoya muallifi”, “Texnik ijodiyot yoʻnalishida eng yaxshi gʻoya muallifi”, “Oʻlkashunsolik va ekologiya yoʻnalishida eng yaxshi gʻoya muallifi” kabi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar.

Tanlov gʻoliblari va ishtirokchilari Xalq taʼlimi vazirligining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.