Yosh avlodni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash 

0
1244
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida yosh avlodni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilinganligi va shu asosda yangicha yondashuvlar hayotga faol joriy etilishini taʼkidladi. 

«Yoshlar haqida gap ketganda, men doim bir narsani oʻylayman. Mana, bugungi kunda qancha-qancha yoshlarimiz chet ellarda taʼlim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida oʻz yoʻlini topib, begona yurtda hech kimdan kam boʻlmay yashayotganlari ham koʻp. Lekin Vatan sogʻinchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimiy aloqa oʻrnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida boʻlganlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur» -deya alohida gapirib oʻtdi. 

Shu maqsadda Oʻzbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berish kerakligini, mamlakatimiz yoshlari  xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda boʻlishlari maqsadga muvofiqligini, bu ularning oʻz salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratishini taʼkidladi.. Shuning uchun kelgusi yili Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini oʻtkazish koʻzda tutilayotganini ham gapirdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.