Mamlakatimizda bolalar sportiga alohida eʼtibor berilayotgani oʻz samarasini bermoqda. Belarusning Gomel shahrida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha anʼanaviy “Prayd Kubogi” musobaqalarida bolalar jamoasi shohsupaga koʻtarildi.
Oʻn uch va undan kichik yoshdagi bolalar oʻrtasida tashkil qilingan musobaqada 11 mamlakatdan tashrif buyurgan yosh dzyudochilar bellashdi.
Ming nafarga yaqin oʻquvchilarni oʻzida jam qilgan turnirda Oʻlmas Gulliyev rahbarligidagi bizning terma jamoamiz ham yuqori natijalarga erishdi.
Inom Bahodirov oʻz vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib oltin medalga sazovor boʻldi. Ubaydullo Botirov hamda Inoyatullo Telmonov shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishdi.
J.SAʼDULLAYEV tayyorladi.