Yosh jurnalistlar kengashi

0
397
marta koʻrilgan.

Yaqinda Respublika Milliy matbuot markazida Oʻzbe­kiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshidagi Yosh jurnalistlar kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Jurna­listlari  ijodiy uyushmasi qoshidagi Yosh jurnalistlar kengashi raisi, “Yoshlar ovozi” gazetasi bosh muharriri F.Karimov, “Jamiyat” gazetasi bosh muharriri B.Shukurov hamda OAVda xizmat qilayotgan yosh jurnalistlar, jurnalistika fakultetlari talabalari ishtirok etishdi.

Anjumanda soʻzga chiqqanlar, bugungi  oʻzbek jurnalistikasi faoliyati, unda yosh jurnalistlarning  oʻrni va taʼsiri, sohadagi yutuq va kamchiliklarga  alohida toʻxtalib, talab va takliflar atroflicha oʻrganildi. Yosh jurnalistlar hamda talabalarning fikr va mulohazalari tinglandi.

Shundan soʻng, kun tartibiga binoan Yosh jurnalistlar kengashi kotibini saylash, faoliyat koʻlami, OAV, internet va ijtimoiy tarmoqlarda kengashning faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ixtisoslashuvlar va  keyingi galdagi vazifalar, kengashning toʻlaqonli faoliyati yuzasidan kelishib olindi.

 

Saboµat  Sultonova,

Suratlar muallifi Sholaziz ShOXIDOYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.