26-28 aprel kunlari Malayziyaning Kota-Kinabalu shahrida karate boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.
Mazkur musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz vakillari ham muvaffaqiyatli qatnashdilar.
Jamoamizning dastlabki medalini kumite yoʻnalishida Bonu Egamberdiyeva qoʻlga kiritgani haqida maʼlum qilgan edik. Shundan soʻng yana 3 nafar karatechilarimiz shohsupaga koʻtarilishdi.
-60 kilogramm vazn toifasida jang olib borgan Bekzod Tuygʻunov hal qiluvchi bellashuvda kumush, Asilbek Madaminov hamda Firdavs Ahmadjonov musobaqaning bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati