Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor boʻldi

0
73
marta koʻrilgan.

PREZIDENT. UZ rasmiy  saytida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida» Farmoni eʼlon qilindi.

Bugungi kunda yangi Oʻzbekiston yoshlariga har tomonlama eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yoʻnalishiga aylanmoqda. Jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda.

Bu jarayonda oʻz taqdiri va kelajagini Vatanimiz taqdiri va istiqboli bilan uzviy bogʻliq holda koʻradigan, shu yoʻlda har qanday sinov va mashaqqatlarni yengib oʻtishga, jasorat va matonat koʻrsatishga tayyor boʻlgan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan oʻgʻil-qizlarimiz safi tobora kengayib borayotganini alohida taʼkidlash lozim.    

Oʻzining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yoʻnalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, tengdoshlariga oʻrnak va namuna boʻlib kelayotgan faol va yetakchi yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida yoshlardan bir guruhi davlat mukofotlari  – «Mehnat shuhrati» ordeni,  «Doʻstlik» ordeni,«Kelajak bunyodkori» medali va «Shuhrat» medali   bilan taqdirlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.